Qardli vatandoshlar!
Bugungi shonli sanani cheksiz quvonch bilan birga chuqur qayg'u-hasrat bilan eslaymiz. Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch va osoyishta kunlar uchun jang maydonlarida jon bergan ota-bobolarimizni, front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini yod etib, hurmat bajo keltiramiz.
Siz aziz va shonli faxriylarimizning beqiyos qahramonliklaringiz butun insoniyat tarixiga mangu o‘chmas, buyuk, alohida bir sahifa sifatida yozilganini chuqur minnatdorlik bilan ta'kidlaymiz.
Tabarruk yoshga etib, bugun oramizda sog'-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga yana bir bor yuksak mehr va hurmatimizni in’om etib, ularning barchasiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Hayotning og'ir va achchiq sinovlarini mardona engib o‘tgan Siz, azizlarning mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, etuk insonlar etib tarbiyalashga qo‘shayotgan munosib hissangizni xalqimiz yaxshi biladi.
Sizlarning buyuk qahramonliklaringiz va fidokorona xizmatlaringiz uchun barchamiz bosh egib ta'zim qilamiz.
Butun xalqimizni bugungi bayram bilan tabriklab, mustahkam sog'lik, oilangizga hamjihatlik, ezgu va mashaqqatli ishlaringizda ulkan yutuqlar tilaymiz!
Amanbay Orinbaev
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesi Raisi