XOTIRA BOR EKAN MILLAT YASHAYDI
407
9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g'alabaning 80 yilligi nishonlandi.
Bayram munosabati bilan poytaxtimiz Nukus shahridagi «Motamsaro ona» yodgorligi maydonida davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari yig'ildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orinbaev bayram munosabati bilan «Motamsaro ona» yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lganlarning yodgorligiga hurmat ko‘rsatdi.
Shuningdek, Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi tuzilmalar vakillari, idora va tashkilotlar, keng jamoatchilik vakillari bilan yoshlar ham yodgorlik poyiga gul qo‘ydi.