Orol dengizi qurigan tubida sho‘rga chidamli Arundo donax o‘simligi sinovdan o‘tkazildi
352
Ekologiya vazirligi loyihasi doirasida olib borilgan tadqiqotda, bu gigant qamish turi og‘ir sharoitlarga moslashuvchanligi bilan ajralib turdi.
Ildizlari 2 metr chuqurlikka yetib, yer osti suvlaridan foydalanadi. Urganch va Qoraqalpog‘istondan olingan ildiz kurtaklari bilan ekilgan ko‘chatlarning yashab qolish darajasi 90 foizdan oshdi. Ushbu usul Orol tubini ko‘kalamzorlashtirish va ekologik tiklash uchun istiqbolli yo‘ldir.