Jo‘qorg‘i Kenges Raisi boshchiligidagi Qoraqalpog‘iston delegatsiyasining Amirliklarga tashrifi davom etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida safarda bo‘lib turgan Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi ENOC (Emirates National Oil Company) Bosh ijrochi direktori Saif Al Falasi bilan uchrashdi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimizning e’tibori bilan respublikamizda investitsion muhitni yaxshilash, tadbirkorlarga qulayliklar yaratish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar, Qoraqalpog‘istonning iqtisodiy, transport-logistika va resurs salohiyati haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuvda kompaniya bilan davlat-xususiy sheriklik asosida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, statsionar va mobil tarzda elektr stansiyalar qurish va ularni Elink raqamli tizimiga ulash orqali markaziy boshqaruvni yo‘lga qo‘yish, servis xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Bundan so‘ng, 50 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritayotgan Sho‘rlanish sharoitida biodehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Markazning suv tejovchi texnologiyalar, sho‘rlangan yerlarni tiklash, agrotexnik innovatsiyalar, raqamlashtirilgan dehqonchilik va issiqxona yechimlari sohasidagi ishlari hamda genetik tadqiqotlar, yosh mutaxassislar tayyorlash kabi faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, ICBA bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonda qo‘shma ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish, shu bilan birga, sho‘rlanishga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro grantlarni jalb qilish imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
Tashrif davomida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi boshchiligidagi Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi Envirol kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Unda kompaniyaning chiqindilarni qayta ishlash, raqamli texnologiyalarni joriy etish va boshqa yo‘nalishlarda tajribaga ega ekanligi ta’kidlanib, Qoraqalpog‘istonda davlat-xususiy sheriklik asosida kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, sanoat loyihalari ustida hamkorlik qilish bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuvlar davomida Qoraqalpog‘iston delegatsiyasi va xalqaro hamkorlar o‘rtasida, shundan, BAAning Bell Engineering Software Technologists va FAMESA Chemical FZE (Owned by CADEX Group), Bell Engineering Software Technologists va Amsterdam Clinic, Bell Engineering Software Technologists and PetroSole Oil Field Services umumiy qiymati 660 mln. dollarlik bitimlarni imzolash marosimi o‘tkazildi.