Jo‘qorg‘i Kenges Raisining respublikamizning shimoliy tumanlaridagi tadbirkorlar uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Bugun Chimboy tumani hokimligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayevning Taxtako‘pir, Qorao‘zak, Bo‘zatov, Kegeyli va Chimboy tumanlaridagi tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolar va takliflari bo‘yicha sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi bugungi kunda hurmatli Prezidentimiz tomonidan Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, investitsion jozibadorlikni oshirish bo‘yicha alohida qabul qilingan farmon va qarorlari asosida yaratilgan imkoniyatlarni keng ta’kidlab o‘tdi.
Bundan so‘ng tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, joyida yechim topish choralari ko‘rildi.
Qabulda asosan tadbirkorlikni rivojlantirish borasida duch kelayotgan muammolar, moliyalashtirish va kredit ajratish masalalari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, yer maydonlarini ajratish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va kengaytirish borasida murojaatlar bildirildi.
Bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, vaqt talab etiladigan murojaatlar Jo‘qorg‘i Kenges Raisining shaxsan nazoratiga olinib, tez fursatda ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berildi.