Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi IT sohasida o‘qishni xohlovchilar uchun 10 grant o‘rinlarini ajratadi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va IT Park Qoraqalpog‘istonlik yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston miqyosida e’lon qilingan 21-maktab tanlovidan muvaffaqiyatli o‘tgan 10 nafar yoshga Samarqand viloyatida yashash va o‘qishni to‘liq qoplovchi grant mablag‘lari ajratiladi.
Ushbu tashabbus respublikamizdagi iqtidorli yoshlarning IT ko‘nikmalarini rivojlantirish va raqamli texnologiyalar sohasida raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib chiqarishga qaratilgan.
Tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 28-maygacha davom etadi.
Ariza yuborish uchun havola: 21-school.uz
IT sohasida malakali kadr bo‘lib yetishishni maqsad qilgan va intiluvchan nomzodlarni ushbu imkoniyatdan foydalanib, kelajakka qadam qo‘yishga chaqiramiz.