Aziz va qadrli bolalar, hurmatli ota-onalar!
Sizlarni bugungi "1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.
Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalari. Ularni e’zozlash, navqiron avlod etib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.
Aytib o‘tish joizki, bugungi kunda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yoshlarning, bolalarning bilim olishi, salomatligining mustahkam bo‘lishi, yetuk inson bo‘lib kamol topishi uchun ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda.
Bola kulgusida olam quvonchi jamlangan. Ularning baxtli hayotini ta’minlashimiz kerak.
Qadrli yurtdoshlar, aziz bolalar!
Sizlarni bugungi bayram munosabati bilan yana bir bor samimiy tabriklaymiz.
Sizlar davlatimiz, yurtimiz kelajagisiz. Har doim yo‘lingiz ochiq, yuzingiz yorug‘ bo‘lsin.
Amanbay Orinbayev
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi