Mo‘ynoqqa olib boruvchi avtomobil yo‘lida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda
197
Hurmatli Prezidentimizning topshirig‘i bilan yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, harakat ishtirokchilari uchun xavfsiz va qulay yo‘l sharoitlarini yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanini bog‘lovchi D231 (4R173) "Qo‘ng‘irot - Mo‘ynoq" avtomobil yo‘lining 51 - 52-km oralig‘ida ta’mirlash ishlari olib borilib, yangidan asfalt qoplamasi yotqizilmoqda.