Chimboy tumanida yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

Chimboy tumani "Orjap" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 150 o‘rinli 17-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Obyekt Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi davomida berilgan topshiriq asosida 6,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan.

Ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi M.Atamuratov ishtirok etib, o‘sib kelayotgan avlodga g‘amxo‘rlik qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani, maktabgacha ta’lim uchun bunday zamonaviy sharoitlarni yaratish hududni barqaror rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam ekanini ta’kidladi.
Bundan so‘ng mehmonlar tashkilotning infratuzilmasi, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.