Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari Xo‘jayli tumanidagi oilaviy bolalar uylaridagi bolalarni bayram munosabati bilan tabrikladi

"1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" bayrami respublikamiz bo‘ylab joylarda keng nishonlanmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbayev Xo‘jayli tumanidagi oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan bolalarni bayram munosabati bilan tabrikladi.

Aytib o‘tish joizki, bugungi kunda yurtimizda hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yoshlarning, bolalarning bilim olishi, salomatligining mustahkam bo‘lishi, yetuk inson bo‘lib kamol topishi uchun ko‘plab ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Bunda "Har bir bola mehr va e’tiborga loyiq" degan ezgu g‘oya asosida barcha bolalarga e’tibor qaratilayotir.
O‘z navbatida yaratilayotgan bunday sharoitlar farzandlarimizning har tomonlama bilimli, ilg‘or fikrli bo‘lib kamol topishida mustahkam asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari tomonidan bolalarga bayram munosabati bilan sovg‘alar topshirildi.
