Olis “Ustyurt” ovulida yangi 90 o‘ringa mo‘ljallangan bog‘cha faoliyatini boshladi
252
Bugun «1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» bayrami sanasida Qo‘ng‘irot tumani “Ustyurt” ovul fuqarolar yig‘ini hududidan yangi 90 o‘ringa mo‘ljallangan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Mazkur bayram kunida ushbu bog‘chaning ochilishi bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.
Hurmatli Prezidentimizning 2023-yil 25-dekabrdagi «2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 404-sonli Qarori asosida 3,3 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilib, maktabgacha ta’lim tashkilotining qurilish ishlari yakuniga yetkazildi va foydalanishga topshirildi.