"Yosh qutqaruvchi" harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichida ikki jamoamiz g‘oliblar safidan joy oldi
Buxoro viloyatida umumta’lim maktablari va kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichi o‘tkazildi.
Ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining joriy yilgi respublika bosqichida barcha hududlardan umumta’lim maktablari va kasbiy ta’lim muassasalarining 300 nafarga yaqin o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdi.
Unda kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ishtirok etgan Nukus shahri 1-sonli politexnikumining «Jayhun» jamoasi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha tengsiz deb topildi va faxrli birinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, umumta’lim maktablari o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda Beruniy tumani 54-sonli umumta’lim maktabining «madadkor» jamoasi faxrli 2-o‘rinni egallab, kuchli uchlikdan joy oldi.