Yangi ichimlik suvi liniyasini tortish ishlari qizg‘in davom etmoqda
2024-yil 29-oktyabr kuni Mo‘ynoqqa yangi ichimlik suvi liniyasini tortish ishlariga start berilgan edi.
Yangi suv liniyasi 5 ming kub metr suv yetkazish va 1300 dan ziyod xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatiga ega.
Loyiha Osiyo taraqqiyot banki hisobidan moliyalashtirilib, qiymati 8,21 mln. dollardan iborat.
Loyiha asosida Mo‘ynoq tumani "Qiziljar" OFYning Aliy ovuli, "Hәkim ata" OFYning Do‘stlik ovuli, "Mәdeli" OFYning Shege ovuli, "Bo‘zatov" OFYning Amudaryo, Qipchoqdaryo, Talliq ovullari, "Uchsoy" OFYning Uchsoy, To‘qpoq ota qishloqlariga va tuman markazidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlariga "Tuya bo‘yin" suv omboridan ichimlik suvi yetib boradi.
Hozirgi vaqtda ishlar Mo‘ynoq tumanining barcha ovul fuqarolar yig‘inlarida va tuman markazida davom ettirilmoqda.