Mamlakatimizning Shvetsiya va Polsha davlatlaridagi elchilari bilan uchrashuv tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev mamlakatimizning Shvetsiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Rahmatulla Nurimbetov hamda mamlakatimizning Polshadagi favqulodda va muxtor elchisi Amirsaid A’zamxo‘jaevlar bilan uchrashdi.
Unda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Orolbo‘yini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ekologik vaziyatni yaxshilash, aholining yashash sharoitlarini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga to‘xtaldi.
Ta’kidlanganidek, hududga xorijiy investorlarni jalb qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni muvafaqqiyatli amalga oshirish hamda yurtimiz milliy manfaatlarini mustahkamlashda xorijiy davlatlardagi elchilarning o‘rni nihoyatda beqiyosdir. Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurishmoqda. O‘z navbatida joylarda tashkil etilayotgan muloqotlar har tomonloma manfaatli bo‘lib, hududni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘kazilgan uchrashuvda mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchilari samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, kelgusida Orolbo‘yi mintaqasini yanada rivojlantirish, chet davlatlar bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, investorlarni jalb qilish borasida o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirdi.