Qoraqalpog‘istonning ravnaqi va mintaqa iqtisodiyotini mustahkamlash hamda bu og‘ir, ammo nihoyatda go‘zal hududda yashayotgan har bir insonning turmush sifatini yaxshilash — mamlakatimizning ustuvor maqsadlaridan biri.
281
IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasidagi bugungi sessiyada o‘tgan bir yil mobaynida ko‘plab muzokaralar olib borganimiz, aniq dasturlarni ishga tushirganimiz va ularni amalga oshirish uchun zarur mablag‘ ajratganimizni ta’kidladim. “Boston Consulting Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘istonni 2035-yilgacha rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqdik.
Qoraqalpog‘istonga kiritilayotgan sarmoyalar yangi ish o‘rinlari yaratishi, mahalliy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashi, yoshlarning kelajagini yanada yaxshilashi kerak.
Investorlarni hududga tashrif buyurib, respublikaning ulkan salohiyatini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishga va keng imkoniyatlar ko‘lamini baholashga taklif qilaman!