To‘rtko‘l tumani faol yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev «Yoshlar oyligi» doirasida To‘rtko‘l tumanidagi faol yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida dastlab, bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Bundan so‘ng IT sohasi mutaxassislari tomonidan sohani rivojlantirish, IT xizmatlarini taqdim etishni yo‘lga qo‘yish, ozgina qunt qilish orqali katta daromad olishni yo‘lga qo‘yish hamda Tashqi beg‘araz yordam mablag‘larini (grantlarni) jalb qilish va donorlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va turli loyihalar ustida ishlashida grant mablag‘larini keng jalb qilish bo‘yicha taqdimotlar, ma’lumotlar taqdim etildi.
Bundan tashqari, Prezidentimizning topshirig‘i bilan yoshlar banki sifatida e’lon qilingan Aloqa bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va Milliy bank mutasaddilari tomonidan yoshlar tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va mavjud loyihalarni kengaytirish bo‘yicha yaratilgan imkoniyatlar haqida keng ma’lumot berildi.
Uchrashuvda dastlab Jo‘qorg‘i Kenges Raisi mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangani, hurmatli Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan yuksak ishonchi, alohida e’tibori va otalarcha g‘amxo‘rligi natijasida ular uchun barcha imkoniyatlar yaratilayotganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Aytib o‘tilganidek, hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi, zamonaviy ta’lim muassasalari ochildi, tadbirkorlik yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab imtiyozlar berildi. Ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalardagi yoshlarimiz moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Uchrashuvda yoshlar bunday yuksak e’tibor va yaratib berilayotgan imkoniyatlar uchun hurmatli Prezidentimizga alohida minnatdorchilik bildirdi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlar bilan yaqindan muloqot qilinib, ularning xohish-istaklari, shuningdek, takliflari tinglandi. Unda bir qator muhim tashabbus va masalalar ko‘tarildi.
O‘z navbatida har bir tashabbus va taklif Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan belgilab olindi va tez orada hayotga tatbiq etish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq berildi.
Bundan so‘ng bir guruh yoshlar faolligi va tengdoshlari orasida alohida yutuqlarga erishib, ko‘pchilikka namuna bo‘layotgani uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan taqdirlandi.