Jo‘qorg‘i Kenges Raisi rahbarligida Amudaryo tumanini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Amudaryo tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.
Unda dastlab joriy yilgi yig‘im-terim mavsumini muvaffaqiyatli yakunlab, respublikamizda birinchilardan bo‘lib rejani bajargan tuman g‘allakorlari, bir guruh mehnat ilg‘orlarini Jo‘qorg‘i Kengesning ko‘krak nishonlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Bundan so‘ng kun tartibidagi masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘rganishlar natijalari, tumandagi investitsiya loyihalari, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning oilalarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, obodonlashtirish ishlari va iqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokama qilinib, yo‘llarni ta’mirlash, ijtimoiy obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bo‘yicha mavjud muammolar va ularni hal etish masalalari ko‘rib qilindi.
Majlisda asosan aholi hayotida uchrayotgan muammolarga yechim topish, belgilangan vazifalar ijrosining ta’minlanishi kabi muhim ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Majlis davomida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan ta’kidlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.