Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Nukus shahridagi faol yoshlar bilan yaqindan muloqot qildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev "Yoshlar oyligi" doirasida Nukus shahridagi faol yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida dastlab, IT sohasi mutaxassislari tomonidan sohani rivojlantirish, IT xizmatlarini taqdim etishni yo‘lga qo‘yish, ozgina qunt qilish orqali katta daromad olishni yo‘lga qo‘yish hamda Tashqi beg‘araz yordam mablag‘larini (grantlarni) jalb qilish va donorlar bilan ishlash bo‘limi, tijorat banklari tomonidan yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va turli loyihalar ustida ishlashi bo‘yicha taqdimotlar, ma’lumotlar taqdim etildi.
Bundan keyin o‘tkazilgan uchrashuvda Jo‘qorg‘i Kenges Raisi hurmatli Prezidentimizning alohida e’tibori bilan yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, bunday imkoniyatlardan o‘rinli foydalanib, yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar soni ortib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘z navbatida, yoshlar davlatimiz rahbarining bunday yuksak ishonchi va yoshlarga ko‘rsatayotgan otalarcha g‘amxo‘rligi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.
O‘tkazilgan uchrashuv davomida yoshlar bilan yaqindan muloqot qilinib, ularning xohish-istaklari, shuningdek, takliflari tinglandi. Unda bir qator muhim tashabbuslar va masalalar ko‘tarildi. O‘z navbatida har bir tashabbus va taklif Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan belgilab olindi.
Bundan so‘ng bir guruh yoshlar faolligi va tengdoshlari orasida alohida yutuqlarga erishib, ko‘pchilikka namuna bo‘layotgani uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan taqdirlandi.