Bitiruvchi yoshlarga tantanali ravishda medallar topshirildi
Bugun Qoraqalpog‘iston san’at saroyida respublikamizdagi maktablarda barcha fanlardan a’lo baholarda o‘qib, yakunlovchi imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchi yoshlarimizga oltin va kumush medallarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, barcha bitiruvchi yoshlarni qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati bilan tabrikladi.
Bugungi kunda yoshlarni ilimli-bilimli, jismoniy tomondan salomat insonlar etib tarbiyalash va kamolga keltirish – davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarining biriga aylangan. Shuning uchun ham, yurtimizda hurmatli Prezidentimizning rahbarligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga va ularni munosib taqdirlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘z navbatida, ko‘rsatilayotgan bunday e’tibor natijasida ular orasidan ko‘plab iste’dodli va yurtimiz bayrog‘ini dunyoga tanitadigan yoshlar yetishib chiqyapti.
Tantanali tadbir davomida bitiruvchilarga bag‘ishlangan medallar Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tomonidan topshirildi.
Tadbir davomida san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.