Qoraqalpog‘iston - "Eco Expo Central Asia 2025" yetakchisi

Yakunlangan Eco Expo Central Asia 2025 xalqaro ekologik texnologiyalar ko‘rgazmasida Qoraqalpog‘iston o‘z salohiyatini ishonch bilan namoyish etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi hamda barqaror rivojlanish va ekologik innovatsiyalar sohasida yetakchilardan biri sifatida e’tirof etildi.
19-21-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Markaziy Osiyo va dunyoning turli mamlakatlaridan 200 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.
Ko‘rgazma yakunida hakamlar hay’ati Qoraqalpog‘istonning milliy va xalqaro ekologik kun tartibini amalga oshirishga qo‘shgan hissasini, shuningdek, ilmiy yutuqlar, davlat siyosati va mahalliy tashabbuslarni muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirishni yuqori baholadi. Respublikamiz "Eco Expo Central Asia 2025" ishtirokchilari orasida umumiy reytingda birinchi o‘rinni egalladi.
