Qoraqalpog‘iston « Eco Expo Central Asia 2025» xalqaro ko‘rgazmasida 1-o‘rinni egalladi
561

19–21-iyun kunlari Toshkentdagi CAEX ko‘rgazmalar markazida o‘tkazilgan « Eco Expo Central Asia 2025» xalqaro ko‘rgazmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ham o‘zining maxsus stendi bilan ishtirok etdi.
Stendda Orolbo‘yidagi tiklanish ishlari, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, innovatsion yechimlar va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari keng yoritildi. Maketlar, videomateriallar, akvapon tizimi, tirik saksovullar va tabiiy suv hamda tuproq namunalari orqali mintaqaning ekotizimi taqdim etildi.

Ko‘rgazma yakuniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston stendi eng mazmunli deb topilib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu esa ekologik barqarorlik sohasidagi ishlarning xalqaro darajada e’tirof etilganini tasdiqlaydi.