Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni keng nishonlandi
Bugun Qoraqalpog‘iston san’at saroyida «27-iyun - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan bayram tantanasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, bugungi bayram munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, so‘nggi yillari yurtimizda hurmatli Prezidentimizning rahbarligida axborot va so‘z erkinligini ta’minlash, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, soha fidoyilarini munosib taqdirlash, xalqimizga xolis va ishonchli axborotni yetkazish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni xalqimiz o‘rtasida keng targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar va yangilanishlarni, ayniqsa, «Inson qadri uchun» g‘oyasi ostida amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka yetkazish, xalqimiz hayotida uchrayotgan masala va muammolarni o‘rganish, ularga ijobiy yechim topish, yo‘lida soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan ijodiy mehnat yuqori baholanadi.
Ijodkorlarning kasb bayrami munosabati bilan matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasi xodimlariga "Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist" faxriy unvonlari, «Watan pidayisi», «Umit ushqini» ko‘krak nishonlari, o‘zlarining yubiley sanalarini nishonlayotgan gazeta-jurnallar tahririyatlariga kompyuterlar, bir guruh soha xodimlariga va blogerlarga Faxriy yorliqlar bilan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
O‘tkazilgan bayram tantanasi madaniyat va san’at xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.
Өткерилген байрам салтанаты мәденият ҳәм көркем өнер хызметкерлери тәрепинен таярланған концерт бағдарламасы менен даўам етти.