Yoshlarga bag‘ishlangan kun keng nishonlanmoqda
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan uchrashuvi o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shu jumladan Qoraqalpog‘istondan videoaloqa orqali yoshlar ishtirok etdi.
O‘tkazilgan uchrashuvda davlatimiz rahbari so‘zga chiqib, barcha yoshlarni bugungi qutlug‘ ayyom - Yoshlar kuni bilan samimiy tabrikladi va nutq so‘zladi. Unda shuningdek, ilm-fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yoshlarga hurmatli Prezidentimiz tomonidan mukofotlar topshirildi.
Uchrashuv yakunlangach, ko‘p millatli xalqimizning do‘stlik ramziga aylangan, Nukus shahridagi O‘tovda o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga erishayotgan bir guruh yoshlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlarga qaratilayotgan alohida e’tibor va ko‘rsatilayotgan otalarcha g‘amxo‘rligi haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi.
Bundan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumi qarori bilan bir guruh faol yoshlarga «O‘atan pidayisi» va «Umit ushqini» ko‘krak nishonlari topshirildi.