Qonliko‘l tumanida ko‘cha boshilari bilan muloqot qilinib, aholining turmush sharoitini yaxshilash bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Qonliko‘l tumanida aholining farovon turmushini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab, O‘rmon xo‘jaligi pitomnigida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Bundan so‘ng "Beskөpir» OFY hududida yoshlarga ajratilgan yer maydonlari hamda Agrobank AJ tomonidan tashkil etilgan «Bir kontur - bir mahsulot» mezoni asosida tashkil etilgan ishlar borib ko‘rildi.
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi «Arzimbetqum» OFYdagi tomorqasidan samarali foydalanayotgan O'tepbergenov Sarsenbayning va uy sharoitida xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan Sarsenbayeva Maxiraning xonadonida bo‘lib, ozgina yerni mo‘l daromad manbaiga aylantirish bo‘yicha tashkil etilgan ishlar bilan tanishdi. Bunday ishlarni qishloq aholisi o‘rtasida yanada keng ommalashtirish kerakligi ta’kidlandi.
Bundan so‘ng Jo‘qorg‘i Kenges Raisi «Madaniyat» MFYdagi ko‘cha boshilari bilan uchrashdi. Ularning tilak-iltimoslarini tingladi. Muammolarni belgilab olib, tez fursatda yechimini topish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlarni berdi.
Tuman hududidagi «Mebel Gold Jasmina» MCHJ tomonidan mebel ishlab chiqarish loyihasi va «ABDIMURATOV TAZABAY» MCHJning qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari ko‘zdan kechirildi. Bundan tashqari, «LAN-S» korxonasi faoliyati ham o‘rganildi. Tadbirkorlarni doimo qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z faoliyatini yanada rivojlantirishi uchun barcha yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi tuman markazidagi masofaviy xizmat ko‘rsatuvchi BPO markazi bilan ham yaqindan tanishib, raqamlashtirish va axborot texnologiyalarining hayotimizda ahamiyati ortib borayotganligi alohida ta’kidlandi.