Qonliko‘l tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Qonliko‘l tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.
Unda tumanni har tomonlama rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish va boshqa ishlarning bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
Majlisda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, avtomobil yo‘llari bo‘ylarini tartibga keltirish va obodonlashtirish, yashil energiya qurilmalarini o‘rnatish, mahallalarni obodonlashtirish, maxsus qarorlar bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi va boshqa masalalar tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, og‘ir mahallalarni obodonlashtirish, qurilish sohasi, kambag‘allik reestriga kiritilgan oilalar bilan ishlash, tomorqalardan samarali foydalanish, yoshlar va ishsiz fuqarolar uchun ajratilgan yer maydonlarida ekish ishlarini tashkil etish kabi qator masalalarda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Majlisda shu kabi muammolar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi.
O‘tkazilgan majlis davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib, aniq topshiriqlar berildi hamda o‘z vazifasini bajarishga loqaydlik bilan qarayotgan rahbarlarga intizomiy jazo chorasini qo‘llash va zarur bo‘lsa lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.