Qoraqalpog‘istonda g‘alla rejasi bajarildi!
260
Dehqon va fermerlar belgilangan 119 628 tonna o‘rniga — 119 639 tonna g‘alla topshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu yutuq — Prezidentimiz rahnamoligida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatining amaldagi natijasidir.
Mehnatkash yer egalari, agronomlar va barcha soha xodimlari o‘z vazifasiga sidqidildan yondashib, yuksak mas’uliyat namunasini ko‘rsatishdi.
Ayni paytda hosilni qabul qilish, saralash va saqlash ishlari belgilangan tartibda davom etmoqda.