Shumanay tumanidagi mahallalarda fuqarolarning turmushini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Shumanay tumanida bo‘lib, fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Dastlab, «Qarabayli» MFYda yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning bandligini ta’minlash va qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish borasida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish kerakligi, buning uchun barcha yordamlar berilishi ta’kidlandi.
Bundan so‘ng, «Birleshik» OFY hududida baliqchilik yo‘nalishi bilan shug‘ullanuvchi Jumabayeva Aynuraning loyihasi, "Mamiy" OFYdagi Obodonlashtirish boshqarmasining pitomnigi, "Monshaqli" MFYdagi Saliyeva Seregulning tomorqasi ko‘zdan kechirildi.
Jo‘qorg‘i Kenges Raisi "Aqjap" OFYdagi ko‘cha boshilari bilan ham uchrashdi. Ularning ko‘targan fikr-takliflarini tingladi. Avvalgi uchrashuvlarda bildirilgan muammolarning aksariyati o‘z yechimini topayotgani va hech bir masala e’tibordan chetda qolmasligi ta’kidlandi. O‘z navbatida, ko‘cha boshilari xalqning muammolarini yechishda rahbarlik qilayotgan hurmatli Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
"Monshaqli" MFY hududidagi "LIANTAI KC LICORICE" MCHJning investitsiya loyihasi, "Naubetova Altinoy" xususiy korxonasining ishlari borib ko‘rildi. Har qanday tadbirkorlik tashabbusi qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.
Bundan so‘ng masofadan xizmat ko‘rsatuvchi BPO markazi va tuman tibbiyot birlashmasidagi raqamlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.