Shumanay tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Shumanay tumanida respublika idora-tashkilotlari, tuman faollari ishtirokida majlis o‘tkazdi.
Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi berilgan topshiriqlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining ijrosi masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, tumanni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur asosida bir qator vazifalar belgilab berilgan bo‘lib, muammolarni hal etish maqsadida hurmatli Prezidentimiz tomonidan barcha imkoniyatlar yaratib berilgan, moliyaviy manbalar ham hal qilib berilgan.
O‘tkazilgan majlis davomida tez fursatda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib, aniq topshiriqlar berildi va o‘z vazifasini bajarishga loqaydlik bilan qarayotgan rahbarlar qat’iy ogohlantirildi.