"Jan'adәrya" qishlog‘ida yangi sport zali qad rostladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi "2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 454-sonli qaroriga asosan, Taxtako‘pir tumanida ijtimoiy soha infratuzilmasini mustahkamlash bo‘yicha bir qator amaliy ishlar boshlab yuborilgan.
Xususan, tumandagi «Jaңadәrya» OFY hududidagi 19-sonli umumta’lim maktabi yonida 2,141 mlrd. so‘m mablag‘ asosida zamonaviy, barcha talab va me’yorlarga javob beradigan 12x24 o‘lchamdagi yopiq sport zalini qurish ishlari olib borilmoqda.
Sport zalning foydalanishga topshirilishi maktab o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini yuqori sifatda o‘tkazish, sport to‘garaklari faoliyatini kengaytirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.