Nukus tumanini har tomonlama rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Nukus tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, berilgan topshiriqlar ijrosining ta’minlanishi masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.
Unda respublika idora-tashkilotlar, tegishli vazirlik rahbarlari, tuman mutasaddilari va mahalla faollari ishtirok etdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan majlisda aholining farovon turmush kechirishini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallalardagi aholining kayfiyatiga bevosita ta’sir etayotgan muammolarga yechim topish, belgilangan vazifalarning, davlat dasturlari doirasidagi ishlarning ijrosi masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, fuqarolarning qo‘shimcha daromad olishiga yaqindan yordam berish, tomorqa madaniyatini oshirish, yoshlarning ekin maydonlarida daromad olishini ta’minlash kabi dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Majlis davomida o‘z vazifasini bajarishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan mas’ullar ogohlantirilib, ayrimlariga intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Majlisda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari R.Saparbayev ishtirok etdi.