Shoshilinch tibbiy xizmat uchun zamonaviy reanimobil avtotransportlari topshirildi
Bugun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Sanitar aviatsiya xizmatiga Jahon bankining “Shoshilinch tibbiy yordamni takomillashtirish” kredit loyihasi doirasida zamonaviy “Ford” rusumli maxsus reanimobil avtotransportlari topshirildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov, Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari B.Otemuratov, Sog‘liqni saqlash vaziri M.Qurbanov shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, markaz rahbariyati va tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu avtotransport vositalari bemorlarga malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, uning sifati va qamrovini yanada oshirishga xizmat qilishini alohida qayd etib o‘tishdi va avtotransportlar kalitlarini tantanali topshirishdi.