To‘rtko‘lda zamonaviy amfiteatr qurilishiga tamal toshi qo‘yildi
Hurmatli Prezidentimizning «2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 454-sonli qaroriga asosan maxsus dastur qabul qilinib, shu asosda respublikamizda keng ko‘lamli qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Qaror doirasida bugun to‘rtko‘lliklar uchun muhim va tarixiy voqealardan biri yuz berdi desak adashmagan bo‘lamiz. Bugun «Shodlik» mahalla fuqarolar yig‘inida 2000 o‘rinli zamonaviy Amfiteatr binosi qurilishi ishlarining tamal toshi qo‘yildi.
Tantanali tadbirda tuman hokimi I.Xudaybergenov, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari va loyihani amalga oshirayotgan korxona rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar loyihaning tuman aholisi hayotidagi ahamiyati haqida keng turda ta’kidlab o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, maxsus dastur doirasida 13 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan bo‘lib, qurilish ishlari olib borilishi belgilangan.