Kegeyli tumanini har tomonlama rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev rahbarligida Kegeyli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, davlat dasturlari doirasidagi belgilangan vazifalar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hamda avvalgi majlisda berilgan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan majlis o‘tkazildi.
Unda respublika idorasi, tashkilot va tegishli vazirliklar, tuman mutasaddilari, mahalla faollari ishtirok etdi.
Majlisda dastlab, oldingi majlis davrida belgilab berilgan topshiriqlarning bugungi kunda bajarilishi, mahallalarni obod qilish, infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etish, davlat dasturlari doirasida loyihalarni amalga oshirish, yangi korxonalar faoliyatini tashkil etish, ko‘p qavatli uylar qurish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar turmush darajasini yaxshilash borasidagi vazifalar ijrosi masalalari tanqidiy ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, fuqarolarning qo‘shimcha daromad olishiga ko‘maklashish, tomorqalardan samarali foydalanishni ommalashtirish, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, korxonalar faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish, bank xizmatlari va bozor infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ham topshiriqlarning ijrosi masalalari ham muhokama etildi.
Unda shuningdek, mazkur ishlarni amalga oshirishda ayrim mutasaddilarning o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qarayotgani tanqid qilinib, kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi. Shu bilan birga, o‘z vazifasini bajarishda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan ayrim mas’ullar lavozimidan ozod etildi. Bir guruh rahbar va mutasaddilarga intizomiy jazo qo‘llash, zarur bo‘lsa, lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.