Chimboy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari keng muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev respublika va tuman idora-tashkilotlari mas’ullari ishtirokida Chimboy tumanini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.
Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, obodonlashtirish ishlarini olib borish kabi belgilangan vazifalarning bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, tumanni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur asosida qator vazifalar belgilab berilgan. Buning uchun moliyaviy manbalar va imkoniyatlar ham yaratilgan.
Lekin, ayrim joylarda muassasa-tashkilot rahbarlari va mutasaddilari, shuningdek, mahalla faollari tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Xususan, mahallalardagi ishlarning amalda bajarilishi, taqdim etilgan hisobotlarda qo‘shib yozishlarga yo‘l qo‘yilganligi, obodonlashtirish, fuqarolar bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarning talab darajasida emasligi tanqid qilindi.
Majlis davomida o‘z vazifasini ijro etishda xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ullar egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Ayrim rahbarlarga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilib, zarurlarining lavozimiga loyiqligi masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.