O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun nishonlandi
«4-avgust O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil topgan kun» munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, sana munosabati bilan soha vakillari va faxriylarni tabrikladi va mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli xizmatida zafarlar tiladi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, so‘nggi yillari hurmatli Prezidentimiz rahbarligida yurtimiz tinchligini saqlashda faoliyat olib borayotgan Qurolli kuchlar hamda huquq-tartibot idoralar ishlarini tubdan isloh qilish, bu yo‘lda fidokorona mehnat qilayotgan soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Albatta, bu amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi yurtimiz tinchligi, jamiyatda tartib-intizom hukm surishini, eng asosiysi, fuqarolarimizning tinch-osoyishta uyqusini ta’minlashga qaratilgan.
Bugungi o‘tkazilgan tadbir davomida qator soha fidokorlari sana munosabati bilan ko‘krak nishoni, faxriy yorliq, harbiy unvon va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.