Qoraqalpog‘iston Respublikasida «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining 2-bosqichiga start berildi
Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalari 2-bosqich bahslarining ochilish marosimi o‘tkazildi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov va Sport vaziri Ye.Qutibayevlar so‘zga chiqib, sportchilarga omad tiladi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov va Sport vaziri Ye.Qutibayevlar so‘zga chiqib, sportchilarga omad tiladi.
«Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» doirasida dastlab sportning taekvondo WT turidan bellashuvlar o‘tkazildi. Unda Respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan yosh sportchilar ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblar diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joizki, ushbu bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda o‘z vazn toifalarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar uchinchi bosqich - Prezident olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.