Nukus tumanida yangi oilaviy shifokorlik punkti foydalanishga topshirildi
So‘nggi yillarda yurtimizda barcha sohalar qatori tibbiyot sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, bu borada hurmatli Prezidentimizning bevosita rahbarligida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu asosda xalqimiz salomatligini yaxshilash, ularga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.
Shunday ezgu ishlarning davomi sifatida Nukus tumani «Diyqan arna» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Diyqan arna oilaviy shifokorlik punkti yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi.
Hurmatli Prezidentimizning «Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot fondi ishtirokida «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan ajratilgan 3mlrd.40 mln so‘m mablag‘ asosida qurilgan ushbu obyekt 50 nafar bemorni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, binoda laboratoriya, emlash xonasi, davolash xonasi, aftoklav xonalari fuqarolar uchun xizmat qiladi.