«Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining 2-bosqichiga start berildi.
«Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining 2-bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, musobaqaning ochilishi munosabati bilan yig‘ilganlarni tabrikladi va sportchilarga omad tiladi.
Ta’kidlash joizki, 5-28-avgust kunlari oralig‘ida «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» sport musobaqalarining 2-bosqichi doirasida jami 10 ta sport turi bo‘yicha g‘oliblar aniqlanishi belgilangan. Ushbu bosqichda muvaffaqiyatli ishtirok etib, yakunda o‘z vazn toifalarida g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar uchinchi bosqich - Prezident olimpiadasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Bundan so‘ng kun davomida o‘tkazilishi belgilangan bellashuvlar boshlab yuborildi. Unda Respublikamizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan yosh sportchilar ishtirok etdi.
Qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tadigan musobaqa yakunida g‘oliblar diplom, medallar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.