Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Taxtako‘pir tumanida aholining turmush sharoitini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev Taxtako‘pir tumanida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning turmush farovonligini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Dastlab, “Qaraoy” mahallasida ishsiz yoshlarga ajratilgan yer maydonlarida tashkil etilgan "bir kontur bir mahsulot" loyihasi hamda ushbu mahalla hududida 10 nafar yoshning bandligi ta’minlangan issiqxona faoliyati borib ko‘rildi. Shuningdek, “O‘zbekiston” mahallasi hududidagi Jabbarbergenov Yesemuratning tomorqasida tashkil etilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Ekin maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish orqali yuqori daromad olishni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.
Bundan swng Jwqorǵi Kenges Raisi "A.Adilov" OFY hududida "KAUSAR TEGIRMON" MCHJ tomonidan 878,0 ming AQSh dollari miqdorida mablaǵlar asosida ishga tushirilgan "Junni qayta ishlash" loyihasi, "Taxtakwpir" mahallasidagi kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar, "Taxtakopir Nan O’nimleri" MCHJ tomonidan don mahsulotlarini saralash (kolibirovka) loyihasi bilan yaqindan tanishdi. Tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ular uchun barcha qulay sharoitlarni yaratish, yaqindan kwmaklashish bwyicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Xotin-qizlar bandligini taminlash borasida "Taxtakópir sheber qollar" tikuvchilik korxonasida tashkil etilgan ishlar borib kwrilib, tadbirkorning wz faoliyatini kengaytirishda duch kelayotgan muammolari tinglandi.
Tuman markazida yangidan qurilayotgan kwp qavatli uy-joy qurilishi jarayoni ham wrganildi. Qurilish ishlarini wz vaqtida va sifatli qilib yakunlash bwyicha topshiriqlar berildi.
Masofadan xizmat kwrsatuvchi BPO markazi va tuman tibbiyot birlashmasidagi raqamlashtirish ishlari kwzdan kechirildi.
Jwqorǵi Kenges Raisi bundan swng oldinda amalga oshirilishi kerak bwlgan ishlar va echimini kutayotgan masalalarni belgilab olish bwyicha kwcha boshilari va nuroniylar bilan uchrashdi.