Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Qo‘ng‘irot tumanida bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev fuqarolar hayotida uchrayotgan muammolarni o‘rganish, tadbirkorlarning masalalarini tinglash, yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlarini o‘rganish maqsadida Qo‘ng‘irot tumanida bo‘ldi.
Dastlab, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi «Suo‘yenli» OFYdagi «Sag‘ir» ovulida ichimlik suvi bilan ta’minlash muammosi bo‘yicha qishloq aholisi bilan uchrashdi. Unda qishloq aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida suv tozalash inshootini qurish uchun tegishli mablag‘larni ajratish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bundan so‘ng, «Olmazor» MFYdagi ijtimoiy uydagi muammolarni hal etish bo‘yicha avval berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘rib chiqildi. Berilgan topshiriqlarga asosan bugungi kunda ko‘p qavatli binoni oqova suv tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilib, energiya tarmoqlari uchun maxsus hisoblagichlar o‘rnatib berilgan.
«Ádebiyat» OFY hududidagi Tirkish va Sayat qishloqlarini bog‘lovchi avariya holatidagi ko‘prik borib ko‘rildi. Qishloq oqsoqollari bilan muloqot qilinib, mas’ullarga muammoni hal qilish uchun ajratilishi kerak bo‘lgan mablag‘larning hisob-kitobini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
«Beruniy-Agrostar» MCHJ tomonidan chorva ozuqasi yetishtirish bo‘yicha agroplantatsiya yaratish loyihasi, «KUNGRAD LESTORG» MCHJning yog‘och mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi va yangi tashkil etilgan logistika markazi ishlari ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorlarning muammolari tinglanib, ularga tez fursatda yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Bundan so‘ng, «Kiyet dehqonlari» ishlab chiqarish kooperativi tomonidan «bir kontur - bir mahsulot» tamoyili asosida tashkil etilgan ishlar, «Kasbiy ko‘nikmalar markazi»ning tumandagi filialida tashkil etilgan til o‘rgatish kurslari, masofaviy xizmat ko‘rsatuvchi BPO markazi ishlari ko‘rib chiqildi.
.