Jo‘qorg‘i Kenges Raisi Qo‘ng‘irot tumanida bo‘ldi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev respublika va tuman idora-tashkilotlari mas’ullari ishtirokida Qo‘ng‘irot tumanini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi.
Unda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar, aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, obodonlashtirish ishlarini olib borish kabi belgilangan vazifalarning bajarilishi masalalari ko‘rib chiqildi.
Ta’kidlash joizki, tumanni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur asosida qator vazifalar belgilab berilgan. Buning uchun moliyaviy manbalar va imkoniyatlar ham yaratilgan.
Lekin, ayrim joylarda muassasa-tashkilot rahbarlari va mutasaddilari, shuningdek, mahalla faollari tomonidan kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Mas’ullar ogohlantirilib, ayrimlariga intizomiy jazo chorasi qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi.