Nukus shahrida eko marafon o‘tkazildi
455
Bugun Nukus shahrida "SQB EKO YARIM MARAFON" nomli yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Marafonda 5 km, 10 km va 21 km masofalarga yugurish uchun 2 mingga yaqin aholi vakillari qatnashdi.
Marafonning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi M.Atamuratov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Unda O‘zbekiston Sanoat Qurilish banki marketing departamenti direktori A.Madjidov, Green banking departamenti direktori B.Sultonmurodov, Sport vaziri Ye.Qutibayev ishtirok etdi.
Bundan so‘ng marafonga start berildi.
Musobaqa yakunida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar, pul mukofotlari topshirildi.