Nukus tumanida yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
153
Nukus tumani "Taqirko‘l" ovul fuqarolar yig‘ini hududida yangi qurilgan 18-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.
Ta’kidlash joizki, hurmatli Prezidentimizning 2021-yil 18-sentyabrdagi "Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro jamg‘armasi ishtirokida "Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 5246-sonli qaroriga muvofiq, yangi bog‘cha binosi qurib bitkazildi.
Ma’lumot uchun, 120 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkilotini qurish uchun 5 mlrd.388 mln so‘m mablag‘ ajratilib, yangi obyekt qisqa muddat ichida foydalanishga topshirildi.