Qoraqalpog'istonda 328,1 km mahalliy avtomobil yo‘llari to‘liq ta'mirlanadi
Hurmatli Prezidentimizning 2023 yil 10 oktyabrdagi «Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g'risida»gi 330-sonli qarori asosida
Qoraqalpog'iston Respublikasida mahalliy ahamiyatga ega avtomobil yo‘llarini to‘liq ta'mirlash loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) ishtirokida moliyalashtirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 106,3 mln. dollarni tashkil etadi.
Loyiha doirasida Qonliko‘l, Kegeyli, Taxtako‘pir, Shumanay, Amudaryo, Beruniy, Nukus, Qorao‘zak, Qo‘ng'irot va Mo‘ynoq tumanlarida umumiy foydalanishdagi mahalliy ahamiyatga ega 328,1 km uzunlikdagi ta'mirtalab avtomobil yo‘llarini to‘la ta'mirlash ko‘zda tutilgan.
Mazkur tashabbus Qoraqalpog'iston hududida transport infratuzilmasini yaxshilash, aholining harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qiladi.