Yangi o‘quv yili 1-kurslar uchun 3 sentyabrdan, yuqori kurslarga 8 sentyabrdan boshlanadi
156
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug'i bilan oliy ta'lim tashkilotlari va akademik litseylarda yangi 2025/2026-o‘quv yilini boshlash sanalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
🔹akademik litseylarning barcha bosqich o‘quvchilari va oliy ta'lim tashkilotlarining 1-bosqich talabalari uchun dars jarayonlari 2025 yil 3 sentyabrdan;
🔹oliy ta'lim tashkilotlarining 2- va undan yuqori bosqich talabalari uchun 8 sentyabrdan boshlanadi.