Элликқалъа туманида янги иш ўринлари яратиш бўйича амалга оширилаётган ишлар кўздан кечирилди
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Raisi Amanbay Orыnbaev Ellikqal’a tumanida xalqning turmush sharoitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida ushbu tumanda bo‘ldi.
Dastlab, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari borib ko‘rildi. Jumladan, "SALIM KURAMBOY" fermer xo‘jaligida amalga oshirilgan baliqchilik loyihasi hamda "UMIDBEK ODILBEK" MChJning issiqxonada limon etishtirish loyihasi o‘rganildi. Jo‘qorg'i Kenges Raisi erdan samarali foydalanish bo‘yicha bunday loyihalar yanada keng ommalashtirilishi kerakligini ta'kidladi.
Bundan so‘ng, "Ellikqal’a" ovulidagi "SHOX MEGA STROY BIZNES" MChJning beton mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi, "Amirobod" qishlog'idagi "ULLI MIRSAID OTA FIRMASI" korxonasining quruq beton qorishmalari ishlab chiqarish loyihasi, "AMIROBOD JEYRON" innovatsion paxta-g'alla klasteri ishlari ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorlarning o‘z faoliyatini yanada kengaytirishi uchun yaqindan ko‘maklashish, buning uchun barcha choralarni ko‘rish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
"INNOGRAPX" MChJ tomonidan tashkil etilgan IT eksporti xizmatlarini taqdim etish, hususiy kadastr va o‘quv kurslari faoliyati ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlarning bunday tashabbuslari ko‘pchilikka namuna sifatida ko‘rsatilib, bunday loyihalar sonini yanada ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. O‘rganishlar davomida 60-sonli oilaviy poliklinikada amalga oshirilgan raqamlashtirish ishlari ham ko‘rib chiqildi.
Jo‘qorg'i Kenges Raisi bundan keyin Ellikqal’a tumanida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalarni belgilab olish maqsadida ko‘cha boshilari va nuroniylar bilan uchrashdi. Muammolar tinglanib, rejalar belgilandi.