Mustaqillik bayrami arafasida Qonliko‘l tumanida yoshlarga yangi uy-joylar topshirildi
103
Mamlakatimizda boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog'idan ayrilgan bolalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni turar joylar bilan ta'minlash, katta hayotga tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish tizimini takomillashtirish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.
Hurmatli Prezidentimizning 2021 yil 9 avgust kungi qarori ana shunday yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga muhim asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu qarorga muvofiq Qonliko‘l tumanidagi 2 nafar yoshga yangi uylar topshirildi.
Davlatimiz rahbarining otalarcha g'amxo‘rligi sabab ushbu yoshlarning ezgu niyatlari amalga oshdi.