Yaponiya tajribasi Qoraqalpog'istonda: Nukusda "U-HOPE 2025" dasturi ishga tushdi
Qoraqalpog'istonda tadbirkorlikni rivojlantirishda yangi sahifa ochildi. Nukus shahrida "Biznesni rivojlantirish banki" tomonidan "Yori-I" loyihasi doirasidagi
"U-HOPE 2025" xalqaro innovatsion dasturining ochilish marosimi tashkil etildi. Ushbu dastur Yaponiyaning ilg'or tajribalarini mahalliy tadbirkorlik muhitiga tatbiq etishga qaratilgan.
O‘zbekiston Prezidentining kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslari, xususan, yapon modeli asosida tadbirkorlarni o‘qitish va Qoraqalpog'istonda 50 nafar mentorni tayyorlash zarurligi
"U-HOPE 2025 START" loyihasining asosini tashkil etadi. Mazkur loyiha Biznesni rivojlantirish banki tomonidan Yaponiyaning Yamagata universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Yapon nou-xaulariga asoslangan holda tayyorlanadigan 50 nafar mentor o‘z bilimlarini boshqalarga etkazib, hududda tadbirkorlik faoliyatini jonlantirishga, yangi ish o‘rinlari yaratishga va aholining turmush darajasini
oshirishga hissa qo‘shadi. Bu loyiha orqali Qoraqalpog'iston iqtisodiyotiga yaponcha aniqlik va innovatsion yondashuv kirib kelishi kutilmoqda.