Shumanay tumanidagi ko‘p tarmoqli poliklinikaning alohida binosi foydalanishga topshirildi
Shumanay tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Ko‘p tarmoqli poliklinikaning alohida binosi yo‘qligi sababli, tibbiyot birlashmasining bir qismida mahalliy aholiga xizmat qilib kelgan edi.
Hurmatli Prezidentimizning 404-sonli qarori bilan tuman poliklinikasining yangi binosini qurish "Ijtimoiy ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish" dasturiga kiritilib, 9,4 mlrd. so‘m mablag' asosida yangi bino qurildi va foydalanishga topshirildi.
400 qatnovga mo‘ljallangan yangi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan bo‘lib, tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yillik bayrami arafasida xalqimiz va tibbiyot xodimlari uchun katta sovg'a bo‘ldi.