Talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida talaba-yoshlarni qulay yashash sharoitlari bilan ta'minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shunday ezgu ishlarning davomi sifatida Qoraqalpog'iston tibbiyot institutida 350 o‘rinli yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.
Ushbu turar joyning davlat mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi talaba-yoshlar uchun katta sovg'a bo‘ldi.
Talabalar turar joyining qurilishi va foydalanishga topshirilishi – olis hududlardan kelgan va kam ta'minlangan talabalar uchun qulay va xavfsiz ta'lim muhitini yaratish, ularning o‘qishga bo‘lgan imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan choralardan hisoblanadi.
Ta'mirlash ishlariga institutning byudjetdan tashqari mablag'lari hisobidan 6 mlrd. so‘mga yaqin mablag' sarflandi.